Amerikalik Robert Prevo yangi Rim papasi etib saylandi, deb xabar beradi CNN.

Rim-katolik çerkoviga rahbar saylaş uçun Vatikanda konklavga töplangan kardinallar yangi Rim papasi kim bölişiga kelişib oldi. Robert Prevo tarixdagi birinçi amerikalik pontifikka aylandi. U öziga Lev XIV ismini tanladi.

Kardinal Robert Frensis Prevo 69 yoşda. U asosan Janubiy Amerika davlatlarida faoliyat yuritgan va yaqinda yepiskoplarni tayinlaş böyiça Vatikandagi ofisga rahbar etib tayinlangan edi. Prevo ön yil davomida Peruda işlagan, keyin esa Çikklayo şahri yepiskopi etib tayinlangan. U Fransisk amalga oşirgan işlarni davom ettirişi kutilmoqda.

Foto: Gregorio Borgia/AP

Rim papasi Fransisk 21 aprel kuni 88 yoşida vafot etgandi. U 2013 yil mart oyida saylanib, soğliğidagi muammolar tufayli papalikdan ketgan Benedikt XVI ning örnini egallagan.

Konklav davomida yangi Rim papasini saylaş bir neça soatdan bir neça kun, hafta va hatto oygaça davom etişi mumkin. Katoliklar tarixida eng uzoq davom etgan konklav XIII asrda ötkazilgan — kardinallarga papa Kliment IV ning vorisini saylaşga 1006 kun talab etilgan. Eng qisqa konklav esa bir neça soat davom etgan — bu 1503 yilda Yuliy II ning saylovi edi.