8 may kuni Andijon viloyati Buloqboşi tumani Sarvontepa mahallasi hududidan oqib ötuvçi Janubiy Farğona kanali qirğoği darz ketib, şikast yetdi. Oqibatda kanal suvi toşib, atrofdagi köçalar va aholi xonadonini suv bosdi.
Toşqin haqida ma’lumot olinişi bilan viloyat Norin-Qoradaryo Irrigatsiya tizimlari boşqarmasi tomonidan suv butkul töxtatilgan.
Ayni vaqtda viloyat hokimi boşçiligidagi mutasaddi taşkilotlar iştirokida işçi guruh taşkil qilinib, holat bartaraf etilmoqda. Ma’lum qilinişiça, barça kuç va vositalar jalb qilinib, jarayon nazoratga olingan.
«Özgidromet» ma’lumotiga köra, xavfli gidrologik hodisaning kelib çiqişiga Janubiy Farğona kanaliga GES qurilişi sababli ortiqça suv taşlangani sabab bölgan.
Şuningdek, «Özgidromet» Buloqboşi tumanida sodir bölgan suv toşqini oqibatida hududdagi 560 ta xonadonni suv bosganini ma’lum qildi. FVV esa hodisa oqibatida 30 ta xonadonning içiga, 70 ta xonadonning esa tomorqasiga suv kirganini bildirdi.
Şuningdek, Kun.uz manbalari tumanning kanalga tutaş hududlarida yaşovçi aholi qisman evakuatsiya qilinganini ma’lum qilgan.
Keyinroq, «Özbekgidroenergo» ham rasmiy munosabat berib, texnogen holatga «GES quriş maqsadida kanalga ortiqça suv taşlangani» emas, kanalga «loyihaviy suv ötkaziş qobiliyatidan köp suv kelgani» sabab bölganini bayon qildi.
«Özbekgidroenergo»ga köra, holat 9 may kuni soat 14:00 ga qadar töliq bartaraf etiladi, Janubiy Farğona kanalining odatiy iş rejimi tiklanadi, aholiga yetkazilgan zarar qoplab beriladi.
Ma’lum qilinişiça, hukumat qaroriga köra, Rossiyaning «MPR» moliya instituti mablağlari hisobiga Janubiy Farğona kanalida «JFK-3 kiçik GES qurilişi» loyihasi amalga oşirilmoqda. Quriliş işlari «tayyor holda topşiriş» şarti asosida Rossiyaning «Energosila» kompaniyasi tomonidan amalga oşirilmoqda.
Andijon viloyat hokimligi ham talofat körgan xonadonlar birma-bir xatlovdan ötkazilib, kelib çiqqan zararlar aniqlanayotgani hamda zarar körgan hududlar, yöllar, xonadonlar qisqa muddatda ta’mirlanişini







































