AQŞ va Ukraina prezidentlari Donald Tramp va Volodimir Zelenskiy 8 may kuni keçqurun telefon orqali muloqot qildi.

Zelenskiyning sözlariga köra, suhbat çoğida ular Oliy Rada AQŞ bilan foydali qazilmalar böyiça kelişuvni ratifikatsiya qilganini, şuningdek, «tinçlik uçun qöşimça sa’y-harakatlar zarurligi»ni muhokama qilgan. Zelenskiy suhbat çoğida Ukraina «bugundan bölsa ham» 30 kunlik otaşkesimga tayyorligi va Rossiya bu taklifga rozi bölişini kutayotganini ta’kidladi.

«Men, şuningdek, Ukraina har qanday formatdagi muzokaralarga tayyorligini tasdiqladim. Ammo buning uçun Rossiya uruşni töliq va sözsiz öt oçişni töxtatiş bilan yakunlaş niyatining jiddiyligini körsatişi kerak. Prezident Tramp bu uruş tugaşini istaşini, yordam berişga tayyorligini va öt oçişni töxtatiş zarurligini qöllab-quvvatlaşini tasdiqladi», – deydi Zelenskiy.

AQŞ prezidenti Donald Tramp esa Truth Social ijtimoiy tarmoğida Rossiya va Ukraina bilan muzokaralar davom etayotgani haqida yozdi. «AQŞ, ideal holatda, 30 kunlik sözsiz öt oçişni töxtatişni talab qilmoqda. Umid qilamizki, maqbul öt oçişni töxtatiş rejimiga rioya qilinadi va har ikki davlat uşbu töğridan töğri muzokaralarning daxlsizligiga rioya qiliş uçun mas’ul böladi. Agar öt oçişni töxtatişga rioya qilinmasa, AQŞ va uning hamkorlari qöşimça sanksiyalar kiritadi», – degan Tramp.

Uning sözlariga köra, vaqtinçalik öt oçişni töxtatiş oxir-oqibat tinçlik kelişuviga olib kelişi kerak. «Bularning barçasini juda tez amalga oşiriş mumkin», – dedi AQŞ prezidenti.

Avvalroq, 8 may kuni Tramp AQŞ Ukraina bilan foydali qazilmalar böyiça kelişuv jarayoni oxiriga yetkazilgani munosabati tufayli Zelenskiy bilan gaplaşmoqçi ekanini ma’lum qilgandi.