Britaniya matbuotiga köra, gap admiral va uning qöl ostidagi xodima örtasidagi ehtimoliy munosabatlarga tegişli. Manbalar bu haqda bir qança naşrlarga, jumladan Financial Times, Sun va Times'ga ma’lum qilgan.
Times ta’kidlaganidek, ehtimoliy iş jinoyat emas, balki qömondonlar va böysunuvçilar örtasidagi işqiy aloqani taqiqlovçi «xizmat vazifasi»ni buzişdir.
Bu Qirollik dengiz flotining 500 yillik tarixida birinçi marta qömondonning notöğri xatti-harakati uçun tergov qilinişidir. Vitse-admiral Martin Konnel tergov davomida Kining vazifasini vaqtinça bajarib turadi.
59 yoşli Ben Ki 2021 yilda Britaniya harbiy-dengiz floti boş qömondoni lavozimini egallagan.












