Buyuk Britaniyaning Maxfiy razvedka xizmatiga MI6 tarixida ilk bor ayol rahbar tayinlanadi, deb xabar bermoqda The Telegraph.
Ma’lumotlarga köra, nomzodlardan kamida ikkitasi MI6 ning amaldagi ayol xodimlari hisoblanadi, şu bois ularning ismlari oşkor qilinmagan. Nomzodlardan biri – MI6 muhandislik bölimi rahbari bölib, u amaldagi direktorning ehtimoliy vorisi sifatida tilga olinmoqda.
Yana bir nomzod — Barabara Vudvord. U ilgari Britaniya Çegara agentligini boşqargan, hozirda esa Birlaşgan Qirollikning BMTdagi doimiy vakili lavozimida faoliyat yurityapti.
Amaldagi MI6 rahbari Riçard Mur ilgari diplomatik xizmatda işlagan, keyin esa Buyuk Britaniyaning Turkiyadagi elçisi bölgan, 2020 yilda esa MI6 ga direktor sifatida qaytgan. Uning lavozimdagi 5 yillik muddati şu yil yakunlanadi va örniga kadr tanlaş jarayoni jadallaşgan.
Mur 2023 yilda lavozimga faqat erkaklar röyxatidan tanlab olinganini ta’kidlab, endilikda bunday yondaşuvga çek qöyilişini va ayollarning ham teng imkoniyatga ega bölişini aytgan edi.
Barabara Vudvord Britaniya diplomatik xizmatidagi eng yuqori martabali ayol hisoblanadi. Biroq u 2015–2020 yillarda Pekindagi elçilik davrida Xitoyga nisbatan yetarliça qat’iy pozitsiya tutmagani uçun tanqid qilingan.
Tayinlov böyiça yakuniy qaror Britaniya boş vaziri Kir Starmer tomonidan taşqi işlar vaziri Devid Lemmi hamda milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi Jonatan Pauell tavsiyasi asosida amalga oşiriladi.
Içki xavfsizlik xizmatiga (MI5) esa ilgari ikki ayol rahbar — Stella Rimington va Eliza Menningem-Buller rahbarlik qilgan. Ammo 1909 yilda taşkil etilgan Britaniya razvedkasini hozirgaça boşqargan 17 rahbarning barçasi erkaklardir.












