«Rosatom» Özbekistonda Rossiya loyihasi böyiça qurilayotgan kiçik atom elektr stansiyasining (AES) birinçi bloki uçun reaktor uskunalarini işlab çiqarişni boşladi.
«Bugungi kunda «Rosatom» Özbekistondagi kamquvvatli atom elektr stansiyasining birinçi bloki uçun reaktor uskunalarini işlab çiqarişni boşladi», deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Qöşimça qilinişiça, korporatsiyaning Sankt-Peterburgdagi zavodi RITM-200N reaktor bloki uçun oğirligi 205 tonna bölgan birinçi quymani quygan.
«Pölat quyiş - bu yadro reaktorini yaratiş jarayonining boşlanişi», deb qöşimça qildi «Rosatom».
Eslatib ötamiz, Özbekiston va Rossiya örtasida 2024 yil 27 mayda imzolangan şartnoma asosida, Jizzax tumanida umumiy quvvati 330 MW bölgan, har biri 55 MW quvvatga ega 6 ta reaktordan iborat kamquvvatli AES qurilişi közda tutilgan.
Stansiya asosini hozirgaça muzyorar kemalarda qöllab kelingan RITM-200 suv-suvli yadro reaktorlarining quruqlikda işlaşga moslaştirilgan RITM-200N versiyasi taşkil etadi. Ammo hozirgaça bu texnologiya quruqlikda işlatilmagan. Loyiha qiymati 2 mlrd dollardan oşmasligi, xarajatlar asosan taşqi qarzlar hisobiga bölişi ma’lum qilingan.
«Özatom» ötgan yilgi bayonotida AES birinçi reaktorini işga tuşiriş 5 yildan keyinga rejalaştirilganini bildirgandi.
Şu yil aprel oyida Jizzax tumanida RITM-200N reaktoriga ega kamquvvatli atom elektr stansiyasi loyihasi uçun quriliş-montaj bazasi, binolari qurilişi boşlandi.













