Isroilning Ğazo sektori janubidagi Xon Yunus şahrida joylaşgan Yevropa kasalxonasiga uyuştirgan havo hujumi oqibatida kamida 28 kişi halok böldi va önlab odamlar yaralandi, deb xabar berdi Hamas nazorati ostidagi Fuqarolik mudofaasi agentligi.
Mahalliy manbalarga köra, Isroil aviatsiyasi Ğazodagi şifoxonaga oltita bomba taşlab, içki hovli va unga tutaş hududga zarba bergan.
Isroil mudofaa kuçlari «Hamas terrorçilarining qömondonlik markazi»ga aniq zarba berganini ma’lum qildi, ularning sözlariga köra, markaz şifoxona ostida joylaştirilgandi.
Havo hujumi oqibatida jabrlanganlar orasida BBC bilan hamkorlik qilgan mahalliy jurnalist ham bor.
Unga yordam körsatilgan, hozirda u barqaror holatda.

Guvohlarning sözlariga köra, Isroil dronlari binoni qamal qilib, qutqaruvçilarga voqea joyiga yetib borişga imkon bermagan.
Qayd etilişiça, dronlardan biri voqea joyiga yaqinlaşmoqçi bölgan ikki qutqaruvçini jarohatlagan.
Ideals International xayriya taşkilotida işlovçi plastik jarroh Tom Potokar zarba berilgan çoğda şifoxonada bölgan.
U BBC Newshour dasturiga bergan intervyusida «ketma-ket oltita kuçli portlaş» gumburlagani va şifoxonaga zarbalar «heç qanday ogohlantirişsiz» yöllanganini aytdi.
«Hamma vahimaga tuşib qoldi», – dedi u.
Şifokorlar va voqea guvohlariga köra, seşanba kuni Ğazodagi «Nosir» şifoxonasining şoşilinç yordam bölimiga yana bir zarba berilgan.
Ularning sözlariga köra, halok bölganlar orasida taniqli falastinlik fotojurnalist Hasan Aslix ham bölgan, u Isroilning boşqa bir hujumi natijasida olgan jarohatlaridan davolanayotgandi.
Isroil harbiylari avvalroq uni Hamasning 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga uyuştirgan hujumiga aloqadorlikda ayblagan edi.
Aprel oyidagi zarba natijasida Aslixning hamkasbi Helmi al-Fakaviy halok bölgan, yana bir qança jurnalistlar yaralandi.



















