Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Bahrom A’loyev Tehron şahrida Eron taşqi işlar vaziri örinbosari Sayid Rasul Mohajyer bilan uçraşdi.
TIV ma’lumotiga köra, muzokaralar çoğida Özbekiston-Eron hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilinib, siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy aloqalar, şuningdek, transport va logistika sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bölajak qöşma tadbirlar, xususan, ikki mamlakat taşqi siyosat idoralari örtasidagi siyosiy maslahatlaşuvlarning navbatdagi raundini ötkaziş yuzasidan fikr almaşildi.












