Polşa öz armiyasi uçun 10 mingga yaqin Warmate kamikadze dronlarini xarid qiliş böyiça şartnoma imzoladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamiş ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, şartnoma respublikaning qurollaniş böyiça agentligi va WB Electronics işlab çiqaruvçisi örtasida tuzilgan.

Mudofaa vazirining sözlariga köra, WB Electronics — uçuvçisiz uçiş qurilmalarini işlab çiqariş böyiça Yevropadagi eng yaxşi kompaniya. Kosinyak-Kamiş, şuningdek, dronlarning zamonaviy harbiy mojarolardagi inqilobiy rolini qayd etib ötdi.

Ta’kidlanişiça, kelişuv 2035 yil oxirigaça davom etadi va keyingi bitimlar doirasida mingga yaqin dron töplamlarini, jumladan, eng yangi versiyalarini yetkazib berişni nazarda tutadi.

Polşa armiyasi 2017 yildan beri Warmate dronlaridan foydalanib kelmoqda, öşanda hududiy mudofaa qöşinlari uçun kiçik partiyalarni yetkazib beriş böyiça birinçi şartnoma tuzilgan edi. 2022 yilda esa qurollaniş agentligi kompaniya bilan taxminan 12,5 million dollarlik ikkinçi şartnomani tuzgandi.