Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukraina inqirozini hal qiliş böyiça Turkiyadagi muzokaralardan söng Ukrainadagi uruşni tugatişdan manfaatdor emaslikda aybladi. Putin avvaliga öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralar ötkaziş niyatini bildirdi, biroq keyin kelmay, öz örniga uçinçi darajali delegatsiyani yubordi, dedi vazir 16 may, juma kuni Rimda Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Polşadan kelgan hamkasblari bilan uçraşuvdan söng.

Pistoriusning qayd etişiça, Putin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokara qilişdan boş tortmoqda. Şu tariqa, uning sözlariga köra, Putin hozirda bu tajovuzkor uruşni tugatişdan «mutlaqo manfaatdor emasligini» oçiq körsatmoqda. «Tinç yöl bilan yeçim topişga jiddiy intiliş»dan darak yöq, dedi Pistorius.

Şu fonda Germaniya mudofaa vaziri yana bir bor ta’kidladi: «Yevropa va uning ittifoqçilari Ukrainani işonçli va izçil qöllab-quvvatlaşda davom etmoqdalar». U «Ukrainaga keng kölamli yordam körsatişni» davom ettirişga va’da berdi.

Pistoriusning qöşimça qilişiça, u Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Polşadagi hamkasblari bilan Kiyevga qöşimça harbiy yordam körsatişdan taşqari, Ukrainada yuzaga kelişi mumkin bölgan öt oçişni töxtatiş böyiça «monitoring»ni ham muhokama qilgan. Muhokama, xususan, «kim va qanday formatda mas’uliyatni öz zimmasiga olişi mumkinligi» haqida böldi, dedi u.