2030 yil 1 yanvargacha parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi belgilandi.
Bundan tashqari, 2027 yil 1 yanvargacha Kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi:
- bino va inshootlarni, yer uchastkalarini ijaraga berishdan olinadigan daromadlari bo‘yicha – foyda solig‘ini;
- ijaraga berilgan obektlar va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha – mol-mulk solig‘i hamda yer solig‘ini.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.










