Köçmas mulk bozoridagi faollik ketma-ket ikki oylik pasayişdan söng, aprel oyida barqaror tiklanişni körsatdi. Oy davomida bitimlar hajmi 20 foizga oşib, 24 mingtani taşkil etdi.

Aprel oyida köçmas mulk bozoridagi hududiy dinamika barqaror ösişni körsatib, respublikaning heç qaysi hududida bitimlar hajmida pasayiş qayd etilmadi.

Faollikning eng sezilarli ösişi Namanganda (39 foiz), Samarqand (29 foiz) va Buxoro viloyatlarida (27 foiz) qayd etildi.

Aprel oyida Özbekistonda ikkilamçi bozorda uy-joylarning örtaça narxi ötgan oyga nisbatan 1,3 foizga oşdi. Yillik hisobda ösiş 2,4 foizni taşkil etdi.

Ösiş sur’atlari Jizzax, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasida yuqori qayd etilgan.

Aprel oyida Toşkent şahri köçmas mulk bozori nisbatan barqarorlikni körsatdi. Ikkilamçi bozorda uy-joylarning örtaça narxi deyarli özgarmagan (0,3 foiz pasayiş). Yillik hisobda ham birlamçi, ham ikkilamçi köçmas mulk bozorlarida narxlarning pasayişi kuzatildi.

Ikkilamçi uy-joylarning örtaça narxi 6,3 foizga kamaygan bölsa, birlamçi uy-joy segmentida esa pasayiş 4,2 foizni taşkil etdi. Ikkilamçi uy-joy narxlarining eng katta pasayişi Çilonzor (10,7 foiz), Mirzo Uluğbek (9,4 foiz) va Yaşnobod (8,2 foiz) tumanlarida kuzatildi.

Birlamçi uy-joy narxlarining eng sezilarli pasayişi Uçtepa (15,3 foiz), Şayxontohur (13,3 foiz) va Yunusobod (8,8 foiz) tumanlarida kuzatildi.

Aprel oyida Toşkent şahrida ijara narxlarining barqarorlik kuzatildi. Örtaça ijara narxi ötgan oydagi körsatkiçni saqlanib qoldi va bir kvadrat metr uçun 8,1 dollarni taşkil etdi.

Poytaxtning Mirobod, Şayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi nisbatan yuqoriligiça qolmoqda. Uşbu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metr uçun örtaça 10,4 dollarni taşkil etadi.

Yillik hisobda örtaça ijara narxlarining pasayişi sekinlaşib, 3 foizni taşkil etdi. Yil davomida ijara narxlarining eng sezilarli pasayişi Uçtepa, Yunusobod va Mirzo Uluğbek tumanlarida qayd etildi.