Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp saraton kasalligi aniqlangan Baydenni qo‘llab-quvvatladi
Donald Tramp, Barak Obama, Kamala Xarris Jo Baydenga prostata saratoni ustidan tez g‘alaba qozonishini tiladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zi va rafiqasi Melaniya nomidan 18 may, yakshanba oqshomida Amerika davlati rahbari lavozimidagi o‘zidan oldingi prezident, agressiv shaklda prostata saratoni tashxisi qo‘yilgan Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
«Melaniya va men Jo Baydenga yaqinda qo‘yilgan tibbiy tashxisdan xafamiz. Biz Jill va uning oilasiga eng samimiy va ezgu tilaklarimizni yo‘llaymiz, Joga esa tez va muvaffaqiyatli tuzalib ketishini tilaymiz», deb yozdi Oq uyning amaldagi rahbari o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
O‘z navbatida, AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Bayden saratonga qarshi «qat’iyat» bilan kurashishiga ishonch bildirdi. «Mishel va men butun Bayden oilasi bilan birdammiz. Saratonning barcha ko‘rinishlarida ilg‘or davolash usullarini topish uchun hech kim Jodan ko‘ra ko‘proq ish qilgani yo‘q va ishonchim komilki, u o‘zining qat’iyatliligi bilan bu qiyinchilikka qarshi kurashadi. Biz uning tez va to‘liq sog‘ayib ketishini tilaymiz», deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
AQSh sobiq vitse-prezidenti va 2024 yilgi prezidentlik sayloviga Demokratik partiyadan nomzod Kamala Xarris o‘zining X mikroblogida shunday yozdi: «Jo — kurashchi. Bilaman, u bu qiyinchilikka o‘zining hayoti va yetakchiligini har doim belgilab bergan kuch, chidamlilik va optimizm bilan qat’iy turadi. Biz to‘liq va tez tuzalib ketishiga umid qilamiz».
Mavzuga oid
20:40
Iroqda Trampning o‘limi uchun 10 million dollar mukofot va’da qilindi
10:55
Tramp: Xitoy 2020 yilgi AQSh saylovlariga aralashgan
08:36
Xitoy, Eron, saylovga xorijdan aralashuv iddaolari va «Amerikani qutqarish» qonuni: Tramp xalqiga murojaat yo‘lladi
07:21