Toşkent tumanida yaşaş xonadonida Amur yölbarsini saqlab kelgan fuqaro aniqlandi, deb xabar beradi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi.

Qayd etilişiça, Toşkent viloyati Ekologiya boşqarmasi, Boş prokuratura, viloyat IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida navbatdagi nazorat reyd tadbiri ötkazilgan.

Reyd davomida Toşkent tumani «Tutzor» MFYda yaşovçi Ş.A. tomonidan yaşaş xonadonida noqonuniy ravişda 1 dona Amur yölbarsi va 7 ta yölbarssimon piton iloni saqlanayotgani aniqlangan.

Vazirlar Mahkamasining «Yovvoyi hayvonlarni saqlaş tartibini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga asosan 2025 yil 1 yanvardan boşlab jismoniy şaxslar tomonidan köplab yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlaş hamda sirk tomoşalarida yovvoyi hayvonlardan foydalaniş taqiqlangan.

Ma’lum qilinişiça, xonadonda aniqlangan yovvoyi hayvonlar Toşkent hayvonot boğiga topşirilgan. Boş prokuratura tomonidan holatga huquqiy baho berilmoqda.

Avvalroq Toşkent şahri va viloyatida törtta şer noqonuniy boqib kelingani aniqlangan edi.