Xivadagi Dişan qal’a Içan qal’aga öxşaş turistik obektga aylantiriladi. Uning vayron bölgan devori tiklanib, yaşil hudud va dam oliş maskani sifatida xalqqa qaytariladi, deya ma’lum qildi Özbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi.
1842 yilda Xiva xoni Olloqulixon buyruği bilan barpo qilingan Dişan qal’a (taşqi qal’a) bugungi kunda juda xarob ahvolga kelib qolgan. Uzunligi 6200 metr bölgan devorning 2000 metr qismi butunlay vayron bölgan, 2500 metr qismi esa yaroqsiz holga kelgan. Bundan taşqari, devor atrofida uzoq yillar mobaynida bir qança noqonuniy qurilişlar amalga oşirilgan. Oqibatda Dişan qal’a devori atrofida yuriş uçun umuman maydon qolmagan, deyiladi vazirlik xabarida.



Dişan qal’ani saqlab qoliş maqsadida Xiva şahrining «Şixlar» mahallasidagi 55 ta turar va noturar obektlarni boşqa hududlarga köçiriş belgilangan. Ularning örnida esa «yaşil maydonlar» va «yaşil boğlar» barpo qiliş, daraxt ekiş, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarini olib boriş közda tutilgan.
Qolaversa, qal’a devori milliy andozalar asosida qayta tiklanib, eski holatiga qaytariladi va atrofida 1,5-2 metr hududda yölaklar oçiladi. Şuningdek, uşbu hududga tutaş bölgan «Şixlar» va «Angarik» mahallalarida zamonaviy sayyohlik majmuasi ham barpo etiladi.



Ma’lumot uçun, Içan qal’a — Özbekistonning eng diqqatga sazovor maskanlaridan biri hisoblanadi. Majmuada sayyohlarni öziga jalb qiladigan 58 madaniy meros obekti va arxeologik yodgorliklar, 30 ga yaqin ekspozitsiya, 56 670 tarixiy eksponat va aşyolar, 174 ta hunarmandçilik dökoni mavjud.














