Tört nafar britaniyalik alpinist tarixda birinçi bölib Everest çöqqisini ksenon ingalatsiyasi yordamida zabt etdi — bu inert gaz ayrim tadqiqotlarga köra organizmning gipoksiyaga (kislorod yetişmovçiligiga) yaxşiroq moslaşişiga yordam beradi, deb yozmoqda Reuters.
Ekspeditsiya atigi 4 kun va 18 soatni taşkil etdi — bu standart iqlimlaştirişsiz kötariliş uçun rekord muddat.
Jamoa tarkibidan Buyuk Britaniyaning faxriylar işlari böyiça vaziri Alister Karns ham örin oldi. Ekspeditsiya avvalida alpinistlar uç oylik tayyorgarlikdan ötgan: ular kislorod darajasi pasaytirilgan gipoksik çodirlarda maşq qilgan va Nepalga yöl olişdan ikki hafta oldin nemis klinikasida ksenon hidlagan.
Odatda dunyoning eng yuqori çöqqisiga çiqiş uçun iqlimlaşiş jarayoniga olti haftadan sakkiz haftagaça vaqt ketadi. Tegişli moslaşuvsiz bunday keskin kötariliş mutaxassislar orasida jiddiy taşviş tuğdiradi. Ayrim olimlarning hisoblaşiça, ksenon eritropetin — kislorod yetişmovçiligiga qarşi kuraşadigan oqsilni işlab çiqarişni rağbatlantiradi. Ammo hozirga qadar uning samaradorligi yoki toğli hududlarda xavfsiz ekanini isbotlovçi işonçli dalillar mavjud emas.
Xalqaro alpinizm federatsiyasining ogohlantirişiça, ksenondan nafas oliş xavfli bölişi mumkin, Nepal ekspeditsiya operatorlari uyuşmasi prezidenti esa iqlimlaşiş jarayonisiz Everestga kötariliş, toğ turizmining asosiy qoidalariga zid ekanini ma’lum qildi.
Lukas Furtenbax ekspeditsiyasi taşkilotçilarining ta’kidlaşiça, çöqqini tezroq zabt etiş ekologiyaga kamroq zarar yetkazadi va alpinistlar uçun kamroq tahdid tuğdiradi, çunki ular xavfli muhitda kamroq vaqt ötkazadi.
Avvalroq britaniyalik alpinist Kenton Kul Everestga 19 marotaba kötarilib, dunyodagi eng baland çöqqini eng köp zabt etgan çet elliklar orasida yangi rekordni örnatgani töğrisida xabar berilgandi.

















