AQŞ Hukumat samaradorligi departamenti rahbari Ilon Mask Pentagonda mudofaa idorasi rahbari Pit Hegset bilan uçraşdi, deb xabar beradi Reuters. Ular harbiy xizmatçilar ehtiyojlari uçun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanişni muhokama qildi.
«Harbiy xizmatçilarimiz 21-asr tahdidlariga qarşi kuraşiş uçun zarur jihozlar bilan ta’minlanişini kafolatlaş maqsadida Mudofaa vazirligi sun’iy intellekt sohasidagi yetakçilar bilan özaro aloqa örnatişga urinadi», — deydi vazirlik vakili Şon Parnell.
Bu Maskning Pentagonga ikkinçi marotaba taşrif buyurişi. Mudofaa vaziri bilan uning birinçi uçraşuvi mart oyida bölib ötgan, turli miş-mişlarga sabab bölgandi: The New York Times mudofaa idorasi biznesmen bilan Xitoy va AQŞ örtasidagi ehtimoliy harbiy mojaro böyiça strategiyani muhokama qilişni rejalaştirgani haqida yozgandi. AQŞ prezidenti Donald Tramp uşbu ma’lumotni yolğon deb atagan.
Pentagon vakillari ham OAVda tarqalgan «öta maxfiy» brifingga oid xabarlarni yolğon deb atagan edi. 21 mart kuni jurnalistlar bilan suhbatda Tramp Tesla kompaniyasiga rahbarlik qiluvçi Ilon Maskda manfaatlar töqnaşuvi bölişi mumkinligi, şu bois heç qaçon unga bunday ma’lumotlar bilan tanişişga ruxsat bermasligini tan olgan.
Bloomberg ma’lumotlariga köra, buning fonida Pentagonda xodimlarni yolğon detektorida tekşiriş boşlangan.












