Harbiy holat rejimi joriy etilgandan buyon Ukraina çegaralarida 49 ming çaqiruv yoşidagi erkak noqonuniy ravişda mamlakatni tark etişga uringani uçun hibsga olindi. Bu haqda 21 may, çorşanba kuni Ukraina yangiliklar telemaronida Ukraina Davlat çegara xizmati matbuot kotibi Andrey Demçenko ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, çegaraning «yaşil qismi»da, nazorat-ötkaziş punktlarida yoki çegara hududlaridagi nazorat-ötkaziş punktlarida çegarani noqonuniy kesib ötişga uringan deyarli 45 ming kişi qölga olingan. Yana 4000 ga yaqin odam «soxta hujjatlar yoki boşqa noqonuniy vositalar yordamida çegarani kesib ötişga uringan», dedi Demçenko.
«Bu holatda gap çegarani noqonuniy kesib ötişga muvaffaq bölgan şaxslar haqida ketmayapti, çunki bunday ma’lumotlarni çegarani noqonuniy kesib ötgan uşbu fuqarolarni qölga olgan qöşni davlatlargina aytişi mumkin», — deya qöşimça qildi Davlat çegarasini qöriqlaş xizmati matbuot kotibi.
Andrey Demçenko, şuningdek, uning xizmati Yevropa davlatlaridagi hamkasblari bilan çegarani noqonuniy kesib ötişga urinişlarga birgalikda qarşi turiş maqsadida faol hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi. Umuman olganda, erkaklarning çet elga qoçişiga yordam bergan 900 ga yaqin uyuşgan guruhlarning faoliyati foş qilindi. Qoçiş uçun ular 4500 dan deyarli 11 ming yevrogaça pul tölaşgan, deya qöşimça qildi Demçenko.














