Daniya parlamenti pensiya yoşini bosqiçma-bosqiç 70 yoşga qadar oşirişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini tasdiqladi.
Unga köra, özgarişlar bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi: 2030 yilga borib daniyaliklar 68 yoşdan, 2035 yilda — 69 yoşdan, 2040 yilda esa 70 yoşdan pensiyaga çiqişlari mumkin. Hozirda mamlakatda 67 yoşdan pensiyaga çiqiladi.
Mazkur taşabbusni Folketing (parlament) deputatlarining aksariyati qöllab-quvvatlagan — yiğilişda iştirok etganlarning 81 nafari. Şuningdek, 21 nafar parlamentariy qonun loyihasiga qarşi çiqqan.
Islohotni qöllab-quvvatlovçilar buni özgaruvçan demografik vaziyatga moslaşiş zarurati bilan izohlamoqda — mamlakatda umr köriş davomiyligi barqaror ösib boryapti. Biroq hamma ham bu yangilikni xursandçilik bilan qabul qilgani yöq: kasaba uyuşmalari vakillari allaqaçon xavotir bildirib, har kim ham bunday yoşgaça samarali işlay olmasligini ta’kidlagan.
Şunga qaramay, Daniya rasmiylari yangi yondaşuv kelajakda pensiya tizimining barqarorligini ta’minlaşga xizmat qilişini aytmoqda.

















