Konstantinovka uçun jang: nega aynan şu şahar rossiyaliklarning asosiy nişoni bölişi mumkin?
|02:20 / 23.05.202515 1609 min
Ötgan haftalar davomida Donetsk oblasti şimolida joylaşgan Konstantinovka şahri atrofidagi vaziyat ança murakkablaşdi. Rossiya armiyasi uşbu şahardan ğarbda ukrainlar mudofaasini yorib ötib, uni qurşab oliş rejasini amalga oşirişga kirişdi.
Foto: EPAFoto: EPA
Konstantinovka – Slovyansk, Kramatorsk va Drujkovka şaharlarini ham öz içiga oluvçi ulkan aglomeratsiyaning bir qismidir. Donbassning Ukraina nazoratida qolgan qismining sanoat va ma’muriy markazi vazifasini ötaydigan uşbu şaharni rossiyaliklar bosqinning ilk oylaridayoq egallab olişga uringandi. Öşanda rossiyaliklar bu yerga şimoldan, Liman va Izyum orqali kirib kelişga uringan, ammo ukrainlarning 2022 yil kuzidagi muvaffaqiyatli qarşi hujumi bu rejani çippakka çiqargandi.
Endilikda rossiyaliklar janub, ğarb va şarqdan janglar bilan asta-sekin aglomeratsiyaga kirib kelmoqda. Ukraina qurolli kuçlari boş ştabining har kungi svodkalari aynan şu yerda – Pokrovsk, Toretsk va Kramatorsk yönalişlarida – sönggi haftalarda eng köp töqnaşuvlar bölib ötayotganini körsatmoqda.
May oyi oxiriga kelib RF armiyasi öz yölidagi sönggi yirik tösiq – Kleban-Bik suv omboriga yaqinlaşgan. Undan bir neça kilometrdan keyin esa Konstantinovkaning çekka hududlari boşlanadi va Kremlning yozgi harbiy kampaniyadagi asosiy maqsadi aynan mazkur şaharni egallaş bölişi mumkin.
Bu yuriş nimadan boşlandi va qanday rivojlandi? BBC Ukraina xizmati uşbu şahar atrofida yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qildi.
Mudofaadagi böşliq va uç tomonlama hujum
Konstantinovka temiryöl va avtomobil tuguni sifatida Ukraina qurolli kuçlari uçun logistik hab va mustahkamlangan hududi sifatida muhim rol öynaydi.
Keng kölamli uruşning dastlabki haftalaridan boşlab u bir neça bor Rossiya aviatsiyasi va uzoq masofali raketalar zarbalari ostida qolgan. Bahorda front çiziği yaqinlaşişi bilan şahar çekkalari ruslarning FPV-dronlari va artilleriyasi yetib boradigan hudud bölib qoldi.
May oyi boşida Ukraina qurolli kuçlarining «Xolodniy Yar» nomli 93-alohida mexanizatsiyalaşgan brigadasi matbuot xizmati Rossiya optik tolali dronlari allaqaçon Konstantinovkaning özida harbiy va fuqarolik transportiga hujum qilayotgani haqida yozgan edi.
«Duşman operatorlari makkorona taktikaga murojaat qilmoqda: dronlarni yöllarga örnatib, texnika yoki avtomobillar ötişini kutmoqda. Keyin esa dronni yuqori kötarib, transportga zarba berişadi yoki yöq qilişadi», – deya tafsilotlarni bayon qiladi brigada.
Mavzuga oid
Konstantinovka rasmiylari şaharning qariyb uçdan bir qismi vayron bölganini aytadi. Foto: EPA
Rasmiylar Konstantinovkadagi uylarning 20-30 foizi allaqaçon vayron bölgani, ammo şaharda hali ham 9 minggaça tinç aholi qolganini aytmoqda (uruşdan oldin bu yerda 70 mingga yaqin odam yaşagan). Mahalliy harbiy ma’muriyat rahbari Sergey Gorbunovning işontirişiça, bolalarning barçasi olib ketilgan.
2023-2024 yillarda Konstantinovka nisbatan frontorti şahri hisoblangan, front çiziği bu yerdan 30-40 km uzoqlikda edi. Bu esa şahardan Baxmut va Toretsk yönalişlarida jang olib borgan Ukraina guruhlarining qurol-yaroğlari va logistikasini joylaştiriş uçun baza sifatida foydalaniş imkonini bergan.
Ammo ötgan yil bahorida Rossiya qöşinlari Baxmut tomondan Çasiv Yar yönalişida hujum boşladi – bu Konstantinovkaning şarqiy qanotidagi mudofaaning asosiy tepaligi va sönggi «qörğoni». Ruslar bu şaharni tezda egallay olmagan bölsa-da, ular Ukraina mudofaasini asta-sekin yorib ötmoqda va allaqaçon Çasiv Yarning ğarbiy çekkalariga yaqinlaşgan. Bu yerdan Konstantinovkadagi binolargaça taxminan 10 kilometr çiqadi.
Ötgan yil iyunida RF armiyasi janubiy qanotda hujumga ötib, Toretskka hujum qildi. Rossiya mudofaa vazirligining şahar töliq nazorat qilinayotgani haqidagi bayonotlariga qaramay, amalda Toretsk atrofida Ukraina qurolli kuçlarining qarşilik öçoqlari hali ham saqlanib qolmoqda. Bu hozirda şaharning qanotlarida, Şçerbinovka va Diliyevka qişloqlari yaqinida böşliq topişga urinayotgan rus qöşinlarining harakatini sezilarli darajada sekinlaştiradi.
Bu yerdan Konstantinovkagaça taxminan 12-13 kilometr.
Bahorda ruslar Ukraina mudofaasini yorib ötişga muvaffaq böldi. Bu Konstantinovkaning janubi-ğarbida, Pokrovskka olib boradigan yöl yaqinida röy berdi. Uzoq vaqt davomida rossiyaliklar bu yölda mustahkam örnaşib ololmadi, ukrainlar duşmanga muvaffaqiyatli qarşi hujumlar uyuştirib, pozitsiyalardan surib çiqardi.
Ammo may oyi boşida Rossiya armiyasi yölni kesib qöyib, uning janubida ham, şimolida ham bir qator qişloqlarni egallab olişga muvaffaq böldi. Gap Tarasovka, Malinovka, Novaya Poltavka, Aleksandropol va Novoolenevka kabi aholi yaşaş manzillari haqida bormoqda. Bundan taşqari, Rossiya qurolli kuçlari şimolroqqa yorib ötişga va Konstantinovkaning ğarbiy yönalişdagi logistikasini butunlay kesib taşlaşga qattiq harakat qilmoqda.
Vaziyat bir vaqtning özida Rossiya qöşinlari qarama-qarşi tomonga – Mirnograd-Pokrovsk aglomeratsiyasiga hujum qilayotgani tufayli ham murakkablaşmoqda. Bu Ukraina qurolli kuçlari boş ştabiga qöşimça kuçlarni bir uçastkaga töplaş, ularni bir neça yönalişlarga tarqatiş imkonini bermaydi.
Töğri, Ukraina qömondonligi Kremlning birinçi navbatdagi vazifasi aynan Konstantinovkani qölga oliş deb hisoblaydi.
«Duşman birinçi navbatda Konstantinovka şahriga xavf tuğdirişdan manfaatdor. Aynan şu maqsadda u Pokrovsk-Konstantinovka trassasidan şimolga yorib ötişga va bir vaqtning özida Çasiv Yar tomondan aylanib ötişga harakat qilmoqda. Bizning asosiy sa’y-harakatlarimiz uning bunday qilişiga yöl qöymaslikka qaratilgan», – dedi Ukraina telemarafoni efirida «Xortitsa» qöşinlari operativ-strategik guruhi spikeri Viktor Tregubov.
Buyoğiga Konstantinovka bilan nima böladi?
Rossiyalik harbiy blogerlar Konstantinovka yaqinidagi vaziyatni allaqaçon «Rossiya armiyasining strategik yutuği» deb atamoqda. Kamida rossiyalik maşhur harbiy şarhlovçilardan biri Yuriy Podolyak (telegramda 3,1 million obunaçisi bor) şunday deb hisoblaydi.
«Endi heç qanday şubha yöqki, bu uçastkada biz uşbu uruş davomida birinçi marta duşman mudofaasini klassik tarzda çuqur yorib ötişiga erişdik. Ha, harakat tezligi Uluğ Vatan uruşidagidek emas, lekin u paytda bizning ham, duşmanning ham har qanday harakatini çeklaydigan va bizga tezroq harakatlanişga imkon bermaydigan dronlar yöq edi», – deb yozdi u 21 may kuni.
Uning sözlariga köra, Rossiya armiyasi allaqaçon Popov Yar – Poltavka – Rusin Yar – Stepanovka qişloqlari çegarasiga yaqinlaşgan. Uşbu mudofaa çiziğini yorib ötiş Dobropole – Kramatorsk asosiy tayanç yöliga yaqinlaşiş va u böylab, xususan, FPV-dronlari bilan faolroq zarba yöllaş imkonini beradi.
Öz özidan, bu Ukraina qurolli kuçlarining mazkur yönalişdagi logistikasini falaj holatga keltirişi mumkin.
Ukrainadagi «Axboriy qarşilik» guruhi harbiy tahlilçisi, Ukraina qurolli kuçlari zaxiradagi polkovnigi Konstantin Maşovets Rossiya armiyasining frontning bu uçastkasidagi muvaffaqiyatlarini «taktik çuqurlikka yorib kiriş» deb atagan. U Konstantinovkaga yurişni RF armiyasining birdaniga ikkita umumqöşin armiyalari: 8-armiya va 51-armiya olib borayotganini ma’lum qilgan.
Çap qanotda yorib ötişni 8-armiya bölinmalari amalga oşirgan, ular bu yönalişga mart oyida taşlangandi. Ular Ukraina qurolli kuçlarining mudofaa saflari içkarisiga deyarli 9 km masofada kirib kelişga muvaffaq bölgan va bu «xanjar»ni kengaytirişda davom etmoqda.
«Taktik muvaffaqiyat yaqqol körinib turibdi. Piyoda askarlar soni köpligi, şuningdek, buning evaziga katta yöqotişlarga uçrayotgan oldingi qismlar va bölinmalarni doimiy ravişda şaxsiy tarkib bilan töldiriş imkoniyati tufayli duşman hozirça hujum/şturm harakatlari intensivligini juda yuqori darajada uşlab turişga muvaffaq bölmoqda», – deb qayd etadi Maşovets.
Konstantinovkaga kirişdagi mudofaa inşootlari. Foto: EPA
VVS’ning Ukraina qurolli kuçlari qömondonlik tarkibidagi manbasi bu yönalişdagi vaziyat sönggi haftalarda tezlik bilan oğirlaşganini tan olgan.
Uning fikriça, Rossiya qöşinlarining yaqin kelajakdagi vazifasi Konstantinovkada yarim qurşov holatini yuzaga keltiriş va mudofaa kuçlari logistikasini olov nazorati ostiga oliş hisoblanadi.
Agar ular buni uddalay olsa, yaqin orada ukrain bölinmalari Toretsk yaqinidagi «karman»dan (atrofi raqib egallab olgan hududlar bilan öralgan platsdarm) şimolroqqa – Biçok va Kazenniy Torets daryolari hamda Kleban-Bik suv ombori böylab ötgan mudofaa çiziğiga ketişiga töğri keladi. Agar bu marrani uşlab qolişning imkoni bölmasa, yozda Rossiya Konstantinovka-Kramatorsk aglomeratsiyasini şturm qilişni boşlaşi ehtimoli ortib ketadi.
Tomonlar uşbu jang uçun yetarliça tayyorgarlik körgan zaxiralarga egami, degan savol oçiq qolmoqda.