Ukrainada öt oçişni töxtatiş böyiça memorandumni imzolaş uçun bu mamlakat xalqi yangi prezidentni saylaşi kerak, deya ma’lum qildi Rossiya Taşqi işlar vazirligi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy qonuniyligini yöqotdi va şu sababli xalqaro hujjatlarni imzolay olmaydi, dedi Rossiya TIV yuridik departamenti direktori Maksim Musixin 22 may, payşanba kuni TASS agentligiga bergan intervyusida.
Memorandum «xalq mandatiga ega bölgan şaxs» tomonidan imzolanişi kerak, çunki «aks holda muammolar böladi», dedi u. Musixin şuningdek, Oliy rada spikeri xalqaro hujjatlarni imzolaş vakolatiga ham ega bölişi mumkinligini aytdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin qöşni davlatda yangi prezidentlik saylovlari ötkazilişini bir neça bor talab qilgan. Mart oyi oxirida u Ukrainada saylovlar ötkaziş uçun BMT va bir qator davlatlar şafeligida «vaqtinçalik boşqaruv»ni joriy etişni muhokama qilişni, keyin esa «butun dunyoda tan olinadigan va işonçli böladigan qonuniy hujjatlar»ni imzolaşni taklif qildi.
Avvalroq Putin Zelenskiyni «sobiq davlat rahbari» deb atagan va Zelenskiy bilan tinçlik şartnomasini tuzişdan boş tortişini ma’lum qilgan, çunki u «noqonuniyligi tufayli heç narsani imzolaşga haqli emas». Bu pozitsiya, jumladan, Ukraina Taşqi işlar vazirligi rahbari Andrey Sibiga tomonidan tanqid qilindi: «Ukraina prezidentining qonuniyligi haqidagi izohlar bema’nilik. Kremlda çorak asrlik boşqaruv davomida Ukrainada uçta prezident adolatli saylovlar şaroitida özgardi».


















