S&P xalqaro kredit reyting agentligi Özbekistonning suveren kredit reytingini “BB-“ darajasida tasdiqladi va ilk bor kutilmani “barqaror”dan “ijobiy”ga oşirdi.

Agentlik 23 may kuni e’lon qilgan hisobotida quyidagilarga alohida e’tibor qaratgan:

  • Energetika xavfsizligi, subsidiyalar fonidagi yuqori fiskal xarajatlar va gaz importining oşişiga javoban hukumat 2023 yilning oktyabridan elektr va gaz tariflarini oşirişni boşladi. 2027 yilgaça energiya narxlari töliq xarajatlarni qoplaş darajasiga yetkazilişi rejalaştirilgan. Subsidiyalarning qisqarişi, qulay oltin narxlari va nominal YaIMning ösişi budjet taqçilligini 2025–2028 yillarda örtaça 3 foizgaça kamaytirişga yordam beradi (2023 yilda 4,9 foiz, 2024 yilda 3,3 foiz bölgan).
  • Hukumat rivojlaniş rejalarini moliyalaştiriş uçun katta hajmdagi qarz jalb qilyapti. Bu esa umumiy davlat va taşqi qarz darajasining oşişiga olib keldi, biroq ösiş sur’ati sekinlaşişi kutilyapti. Joriy hisob taqçilligi 2024 yilda YaIMning 5 foizini taşkil etdi, 2025–2028 yillarda esa bu körsatkiç örtaça 5,7 foizgaça kengayadi, bu oltin narxlarining pasayişi va davlat investitsiya loyihalariga xizmat qiluvçi importning oşişi bilan boğliq.
  • 2025–2028 yillarda iqtisodiy ösiş örtaça 5,6 foiz bölişi prognoz qilinyapti.
  • Qarorlar qabul qiliş markazlaşganiça qoladi. Korrupsiyani qabul qiliş yaxşilanayotganiga qaramay, hali ham yuqoriligiça qolyapti.

“Elektr va gaz tariflarining bosqiçma-bosqiç oşirilişi orqali energiya ta’minoti diversifikatsiya qilinyapti. ACWA Power (Saudiya Arabistoni) 2030 yilgaça elektr energiyasi işlab çiqarişga 7,5 mlrd dollar (YaIMning 7 foizi) sarmoya kiritadi. Hozirda Özbekistonda iste’mol qilinayotgan energiyaning 20 foizi yaşil manbalardan olinadi, 2030 yilgaça bu körsatkiç 40 foizga yetkazilişi kutilyapti. Şuningdek, eksport salohiyatini oşiriş uçun mis, oltin, kumuş va uran işlab çiqarişni kengaytiriş rejalaştirilgan”, deyiladi hisobotda.

S&P kutilmalariga köra, 2025 yilda jon boşiga YaIM