Futszyan provinsiyasi XXRning iqtisodiy rivojlangan hududlaridan biridir. Viloyat yalpi ichki mahsuloti 2024 yilda taxminan 800 milliard dollarni tashkil etdi.

Tadbir davomida Xitoyning Xiamen ITG Group, Fujian Xinwancheng Investment, Fujian Sitong Stone Company, Fuzhou Fuqiang Precision kabi yirik kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 20 dan ortiq kelishuvlar imzolandi. Kelishuvlar qurilish materiallari ishlab chiqarish, tog‘-kon sanoati, to‘qimachilik, avtomobilsozlik va boshqa ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oldi.

Shuningdek, Xorijiy investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash agentligi va Xitoy xalqaro investitsiya va savdo yarmarkasi tashkilotchilari o‘rtasida O‘zbekistonga investorlarni jalb qilish va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida yirik sarmoyaviy loyihalarni ilgari surish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.