Holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Rishton tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
“T.B.” MChJ rahbari S.M. “Bog‘iston” MFY hududidagi muzlatkich omborida hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazgan holda elektr tarmog‘idan tijorat maqsadida foydalanib, 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.











