AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya armiyasi Kiyevni navbatdagi marta bombalaganiga keskin munosabat bildirdi. Trampning aytişiça, u doim Putin bilan yaxşi kelişgan, lekin oxirgi vaqtlarda «Rossiya prezidentiga nimadir bölgan». Quyida şu haqda.

Navbatdagi yoppa hujumdan keyin

24 mayga ötar keçasi Rossiya armiyasi Ukraina şaharlariga seriyali kombinatsion zarbalar yölladi. Bu hujumlar uçun zarbdor dronlar va ballistik raketalardan foydalanildi. Rossiyada işlab çiqarilayotgan Eron dronlari rossiyalik injyenerlar tomonidan ança mukammallaştirilgani ma’lum böldi. Ukrain harbiylariga köra, endilikda ruslar uçirayotgan kamikadze dronlarni sun’iy intellekt boşqarmoqda va ular ortiq GPS xizmatidan foydalanmayapti. Bu dronlarning çap beriş imkoniyatini oşiradi. Dronlar qayta dasturlangani ularni tutişni ham qiyinlaştirgan.

Oxirgi hujum uruş boşidan buyon Kiyevga berilgan eng jiddiy zarbalardan biri böldi. Bu hujum Rossiya va Ukraina uruşni tugatiş böyiça töğridan-töğri muzokara boşlagani fonida amalga oşirildi. Şu kunlarda Rossiya va Ukraina öşa muzokaralarda kelişilgan 1000 ga 1000 körinişida asirlar almaşinuvini amalga oşirgandi.

Tramp: «Putin butunlay aqldan ozdi»

AQŞ prezidenti Tramp Rossiyaning Ukraina böylab navbatdagi zarbalarini qoraladi. «Rossiyalik Putin bilan doim yaxşi munosabatda bölganman. Lekin unga nimadir böldi. U butkul AQLDAN OZDI. U bilib turib köp odamlarni öldirmoqda va men faqat askarlar haqida gapirmayapman. Ukraina şaharlariga heç qanday sababsiz raketa va dronlar uçirilyapti.

Doim aytganman, unga BUTUN Ukraina kerak, bir qismi emas. Balki şunday bölar ham, lekin Putin şu işni qilsa, bu Rossiya qulaşi bilan yakunlanadi», dedi Tramp.

AQŞ prezidenti bu postida Ukraina prezidenti Zelenskiyni ham tanqid qildi, şuningdek, navbatdagi marta uruş boşlanişida Zelenskiy, Bayden va Putinni aybladi. «Prezident Zelenskiy ham aytayotgan gaplari bilan davlatiga yordam berayotgani yöq. U gapirayotgan gaplar muammo tuğdirmoqda va bu menga yoqmayapti. Men prezident bölsam, bu uruş aslo boşlanmasdi. Bu Zelenskiy, Putin va Baydenning uruşi, Trampniki emas. Men şunçaki uquvsizlik va nafrat ortidan kelib çiqqan yonğinni öçirmoqçi bölyapman», deb yozdi Tramp öziga tegişli Truth ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.

Avvalroq Tramp jurnalistlar bilan suhbat çoğida Rossiyaga qarşi keskin sanksiyalar joriy qiliş haqida jiddiy öylayotganini aytgandi.