Optik tolali internet – mamlakatning har bir nuqtasida

So‘nggi yillarda olib borilgan keng ko‘lamli ishlar tufayli O‘zbekiston bo‘ylab xonadonlarning 96 foiziga optik tolali internetga ulanish texnik imkoniyati yaratildi. Bugungi kunda zamonaviy FTTX/GPON tarmoqlari nafaqat yirik shaharlarda, balki eng olis hududlar – Toshkentdan Nukusgacha yetib bormoqda. Optik tolali aloqa tarmoqlari umumiy uzunligi 290 000 km dan oshdi, bu esa butun mamlakat bo‘ylab raqamli tenglikning poydevoriga aylandi.

10 Gbit/s tezlik – kelajak sari ishonchli qadam

Uy interneti segmentida 10G tarmog‘ining ishga tushirilishi UZTELECOM tarmog‘ining chuqur transformatsiyasi, ilg‘or uskuna va texnologiyalarning joriy etilishi, shuningdek, infratuzilmaning yuqori yuklamalarga tayyorligi evaziga amalga oshdi. Endilikda Toshkent shahri aholisi yangi 10G tarifidan foydalanishlari mumkin. Bu esa tubdan yangi imkoniyatlarni ochadi: katta fayllarni bir zumda yuklab olish, 8K sifatida videotranslatsiya, “aqlli uy”lar, virtual haqiqat xizmatlari va bulutli biznes-platformalarni qo‘llab-quvvatlash.

UZTELECOM 10G qamrov zonasini bosqichma-bosqich kengaytirishni rejalashtirmoqda

UZTELECOM o‘z faoliyati davomida O‘zbekistonning raqamli innovatsiyalar sohasidagi ishonchli yetakchisi bo‘lib qolmoqda. Kompaniya millionlab mijozlarga xizmat ko‘rsatadi, yuqori tezlikdagi internet, raqamli televideniye va IP-telefoniya xizmatlarini taqdim etadi hamda mamlakatning raqamli iqtisodiyoti va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishda faol ishtirok etadi.

Ultra tezkor internetga o‘tish bu – nafaqat har bir foydalanuvchi uchun qulaylik va farovonlik, balki biznes, ta’lim, tibbiyot, elektron davlat xizmatlari va butun IT-ekotizimni rivojlantirish uchun muhim turtkidir.

Ulanish juda oson

10G xizmati hozirda Toshkentning bir qator hududlarida mavjud. Ulanish uchun arizani quyidagi havola orqali topshirish mumkin: Internet xizmatiga ulanish.