Özbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Özbekiston Milliy universiteti Matematik analiz kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori, taniqli matematik olim Azimboy Sa’dullayev 28 may kuni 78 yoşida vafot etdi.

Oliy ta’lim vazirligi xabariga köra, olimning ilmiy maktabi, tarbiyalagan şogirdlari va fundamental tadqiqotlari nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda ham e’tirof etilgan. Olimning «Köp kompleksli özgaruvçili funksiyalar nazariyasi» va «Kompleks potensiallar nazariyasi» sohasidagi ilmiy işlari dunyo matematiklarining hurmatini qozongan.

Azimboy Sa’dullayev 1947 yil Xorazm viloyati, Şovot tumanida tuğilgan. 1969 yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan. 1972 yilda fan nomzodi, 1982 yilda fan doktori ilmiy darajasini olgan. 1989 yilda Özbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, 1995 yilda esa haqiqiy a’zosi etib saylangan.

U 1992 yildan Urganç davlat pedagogika instituti, keyinçalik Urganç davlat universiteti rektori, 1997−2007 yillarda Xorazm Ma’mun akademiyasi rahbari, 2007−2012 yillarda Özbekiston Milliy universitetida matematik analiz kafedrasi mudiri, 2012−2017 yillarda matematik analiz kafedrasi professori hamda Matematika institutining boş ilmiy xodimi sifatida faoliyat olib borgan.