Özbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Azimboy Sa’dullayev 28 may kuni 78 yoşida vafot etdi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev olim vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi.

Azimboy Sa’dullayev 1947 yil 9 yanvarda Xorazm viloyatining Şovot tumanida tuğildi. 1969 yilda Moskva davlat universitetini matematika mutaxassisligi böyiça tamomladi. Mazkur universitet aspiranturasida tahsil olib, dastlab nomzodlik, söngra doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1989 yilda Özbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, 1995 yilda haqiqiy a’zosi etib saylandi.

55 yillik mehnat faoliyati davomida Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti) öqituvçisi, dotsenti, kafedra mudiri, fakultet dekani, Özbekiston Fanlar akademiyasining Matematika instituti katta ilmiy xodimi, Urganç davlat universiteti rektori, Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat olib bordi.

Olimning 200 dan ortiq ilmiy maqolalari, 15 ta monografiyasida matematika sohasining köplab dolzarb masalalari atrofliça tadqiq etilgan.

Akademik Azimboy Sa’dullayev jonkuyar va talabçan ustoz sifatida köplab yoşlarga ta’lim-tarbiya berdi. Uning rahbarligida önlab fan doktori va fan nomzodlari tayyorlandi.

Azimboy Sa’dullayev 1995-2004 yillarda Oliy Majlis deputati sifatida samarali faoliyat olib bordi. 2020 yilda «Mehnat şuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.

«Taniqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Azimboy Sa’dullayevning xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi», deyiladi ta’ziyada.