AQŞ prezidenti Donald Trampning fikriça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin «olov bilan öynayapti». Bu haqda Oq uy rahbari ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi.
«Vladimir Putin tuşunmayotgan narsa şuki, agar men bölmaganimda, hozir Rossiya bilan juda köp yomon voqealar sodir bölar edi, haqiqatda yomon narsalar», deb yozdi Tramp tafsilotlarga töxtalmasdan.
«U olov bilan öynayapti!», deb qöşimça qildi AQŞ prezidenti.
Bir kun avval, Rossiya Ukraina şaharlariga raketa va dronlar bilan ommaviy zarbalar berganidan keyin 12 kişi halok bölgaç, Tramp Putinni keskin tanqid qildi.
«U butunlay aqldan ozgan! U zaruratsiz juda köp odamlarni öldiryapti va men şunçaki askarlar haqida gapirmayapman. Ukraina şaharlariga heç qanday sababsiz raketalar va dronlar uçirilmoqda», deb yozdi Tramp Putin haqida.
Kreml bu tanqidni «hissiy yuklama ta’siri» ostida yozilgan, deb hisobladi.












