Senatning bugun, 28 may kungi yalpi majlisida “Soliq kodeksiga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi körib çiqilib ma’qullandi. Unda bir qator özgarişlar közda tutilgan.

Amaldagi qonunçilikka muvofiq, soliq tölovçi tomonidan ortiqça tölangan yoki undan ortiqça undirilgan soliq summasi budjetdan qaytarilar yoki faqat uşbu soliq böyiça kelgusi tölovlar uçun hisobga olinişi mumkin edi.

Kiritilayotgan özgartirişga asosan endi ortiqça tölangan soliq summalarini nafaqat xuddi şu soliq, balki boşqa soliqlar böyiça ham kelgusidagi majburiyatlarga nisbatan qöllaş mumkin böladi.

Soliq tölovçining qarzi bölmagan taqdirda, u soliq organiga yozma yoki elektron ariza bilan murojaat qilişi mumkin, hisob-kitoblar uç iş kuni (hozirda 15) içida amalga oşiriladi.

Şuningdek, elektron soliq hujjatlarini biometrik identifikatsiyadan foydalangan holda – yuz (Face-ID) yoki barmoq izi orqali tasdiqlaş imkoni ham paydo böladi. Hozirda bu elektron raqamli imzo (ERI) yordamida amalga oşiriladi.

ERI kaliti sertifikatini beriş uçun tadbirkorlik sub’yektlaridan bazaviy hisoblaş miqdori (BHM)ning 10 foizi, jismoniy şaxslardan esa 7 foizi miqdorida yiğim undiriladi. Bu esa öz navbatida soliq tölovçilarning soliq majburiyatlarini bajarişdagi sarf-xarajatlarining oşişiga sabab bölyapti.

Çernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatişda iştirok etgan fuqarolar yer soliğini tölaşdan ozod etilgandi. Qonunçilikdagi normalarni muvofiqlaştiriş maqsadida uşbu toifadagi fuqarolar daromad soliğidan ham ozod etilişi belgilanyapti.