Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu HAMAS yetakçisi Muhammad Sinvar öldirilganini rasman tasdiqladi, deb xabar beradi Jerusalem Post.
Netanyahu bu boradagi bayonot bilan mamlakat parlamenti yiğilişida çiqiş qildi.
Sinvar öldirilgani töğrisida birinçi bölib Al-Arabiya 18 may kuni xabar bergandi. Telekanal ma’lumotlariga köra, Sinvar 13 may kuni Xon Yunus şahriga berilgan zarba oqibatida halok bölgan. U bilan birga, Sinvarning ön nafar yordamçisi ham halok bölgan.
Şu bilan birga, naşrning yozişiça, Isroil razvedkasida yaqin vaqtgaça bu ma’lumotning işonçli tasdiği bölmagan.
Isroil harbiylari Xon Yunusdagi Yevropa şifoxonasiga 13 may kuni aviazarbalarni amalga oşirgan edi. TSAHAL xabariga köra, şifoxona ostida HAMASning qömondonlik punkti bölgan.
Muhammad Sinvar — 2024 yil oktyabr oyida Ğazo sektorida öldirilgan HAMASning oldingi yetakçisi Yahyo Sinvarning ukasi. Yahyo Sinvar ötgan yilning avgustida Ismoil Haniya öldirilganidan keyin HAMAS siyosiy byurosi rahbariga aylangan edi. Muhammad Sinvar ham akasi kabi HAMAS tarkibiga yoşligidan qöşilgan. Isroil maxsus xizmatlari bir neça bor uni öldirişga uringan, ammo şu kungaça buni uddalay olmayotgan edi.












