Kun.uz ixtiyoriga kelib tuşgan ma’lumotlarga köra, 27 may kuni Toşkent viloyati Angren şahrida 2 kişining hayotiga zomin bölgan dahşatli avariya yuz berdi.

27 may 20:30 larda Angren şahar «Navbahor» MFY hududida mast haydovçi «Matiz» avtomobilida yölning belgilanmagan joyidan ötayotgan piyodalar – ota va uning 2 farzandini urib yuborgan. Haydovçi voqea joyidan qoçib ketgan.

Manbaga köra, YTH oqibatida ota voqea joyida, uning voyaga yetmagan farzandi esa 28 may kuni ertalab şifoxonada vafot etgan. Oilaning yana bir voyaga yetmagan farzandi jarohat olib, şifoxonaga yotqizilgan.

«Oila uçun juda oğir vaziyat, hamma qayğuda. PPX xodimlari haydovçini uşlagan» deya Kun.uz'ga xabar berdi fojiadan xabardor fuqarolardan biri.

YHXX axborot xizmati Angrenda şunday fojia bölganini Kun.uz'ga tasdiqladi. Lekin hodisaning boşqa tafsilotlarini oçiqlamadi.