Prezidentning «Qişloq xöjaligi ekin maydonlari unumdorligini oşiriş, tarmoqqa investitsiyalar jalb qiliş uçun qulay şart-şaroit yaratiş böyiça navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoniga muvofiq quyidagilar taşkil etildi:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi qişloq xöjaligida yer islohotlarini amalga oşiriş loyiha ofisi;
davlat korxonalari — Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, Andijon, Jizzax, Namangan, Toşkent va Farğona viloyatlari hokimliklari huzuridagi ijaraga berilgan qişloq xöjaligi yerlariga xizmat körsatiş direksiyalari.
Loyiha ofisi direksiyalar faoliyatini muvofiqlaştiradi. Direksiyalar ijaraçilarning yer uçastkasini ijaraga beriş şartnomasida belgilangan huquqlardan amalda foydalanişini kafolatlaydi, xususan, suv yetkazib beriş limitlariga rioya qilinmasligi oqibatida yetkazilgan zararni darhol qoplab beradi va keyinçalik regress tartibda undirib oladi.
Hujjat bilan direksiyalarning vazifalari belgilandi:
- qişloq xöjaligi maqsadlariga möljallangan ijaraga berilgan yerlardan samarali foydalanişni taşkil etiş;
- suv yetkazib beriş limitlariga rioya qilinmasligi natijasida yer ijaraçilariga yetkazilgan zararni darhol qoplab beriş;
- qişloq xöjaligi maqsadlariga möljallangan ijaraga berilgan yerlarning suğoriş tizimlarini yaxşilaş, elektr energiyasi ta’minoti obektlarini quriş va rekonstruksiya qiliş, içki xöjalik yöllarini yaxşilaş işlariga mablağ ajratiş, şuningdek uşbu işlar böyiça buyurtmaçi funksiyalarini bajariş va boşqalar.
Direksiya faoliyatini moliyalaştiriş manbalari:
- elektron internet-auksionlarda qişloq xöjaligi maqsadlariga möljallangan yer uçastkalariga ijara huquqlarini sotişdan tuşgan daromadning 25 foizi (operator xarajatlari çegirib taşlangan holda);
- suv yetkazib beriş limitlariga rioya qilinmasligi natijasida yer uçastkalari ijaraçilariga yetkazilgan zararni qoplaş uçun regress tartibda undiriladigan mablağlar;
- hisobvaraqda vaqtinça böş pul mablağlarini depozitga joylaştirişdan olinadigan daromadlar;
- yuridik va jismoniy şaxslarning, şu jumladan norezidentlarning homiylik xayriyalari;
- xalqaro moliya taşkilotlari va xorijiy davlat moliya taşkilotlarining grantlari va texnik yordam mablağlari;











