«Islomiy davlat» (IŞID) terrorçilik guruhi şu hafta boşida Suriya hukumat kuçlariga qarşi hujumlar uyuştirganini e’lon qildi, deb xabar berdi Associated Press (AP).

Agentlikning qayd etişiça, bu Başar Asad hokimiyatdan ağdarilganidan keyingi birinçi hujumlar bölib, ular uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgan.

Terrorçilar 29 may kuni örnatgan bomba portlaşi oqibatida yetti nafar suriyalik harbiy halok bölgani yoki yaralanganini da’vo qilmoqda.

Bundan taşqari, şu hafta boşida yana bir bomba portlaşi oqibatida Suriya milliy armiyasidan bir militsioner halok böldi. Uşbu hujum uçun javobgarlikni ham IŞID öz zimmasiga oldi.

Har ikkala terakt ham Suriya janubidagi As-Suvayda viloyatida sodir etilgan. 2024 yil noyabr oyi oxirida Suriya muxolifatining qurolli tuzilmalari Suriya armiyasi pozitsiyalariga qarşi keng kölamli hujum uyuştirdi va 8 dekabr kuni Damaşqqa kirdi. Başar Asad Suriya prezidenti lavozimini va mamlakatni tark etib, Rossiyada qönim topdi.