Muxolifatdagi konservativ «Qonun va adolat» partiyasidan nomzodini qöygan Karol Navrotski Polşa prezidentligi saylovining ikkinçi bosqiçida köpçilik ovozni qölga kiritdi.

Davlat saylov komissiyasi ma’lumotlariga köra, byulletenlarning 100 foizi sanab çiqilgaç, Navrotski 50,89 foiz, uning raqibi Varşava meri Rafal Tşaskovski esa 49,11 foiz ovoz olgan, deb yozdi Gazeta Wyborcza.

Karol Navrotski vakolat muddati avgust oyida tugaydigan konservativ Anjyey Duda örnini egallaydi.

Polşada prezident asosan ramziy vakolatlarga ega, biroq u parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarga veto qöyişi mumkin.