General-mayor Mixail Drapatiy Ukraina Qurolli kuçlari Quruqlikdagi qöşinlari qömondoni lavozimidan iste’foga çiqiş uçun ariza yozdi.

«Bu mening 239-öquv poligonida askarlarimiz halok bölişiga olib kelgan fojia uçun şaxsiy javobgarlik hissimdan kelib çiqqan ongli qadamdir», — deb yozgan harbiy Facebookʼdagi sahifasiga.

Oldinroq ukrainalik harbiylar Rossiyaning Ukraina Qurolli kuçlari Quruqlikdagi qöşinlari öquv bölinmasiga raketa zarbasini yöllagani töğrisida xabar bergandi. U Dnepropetrovsk oblastida joylaşgan. Zarba oqibatida 12 nafar harbiy xizmatçi halok bölgan, 60 dan ortiq odam yaralangan.

«Qömondon sifatida men öz buyruqlarim bajarilişini töliq ta’minlay olmadim. Qattiq turmadim, işontirmadim, safdagi odamga munosabatni özgartirmadim. Bu mening mas’uliyatim.

Komandirlari şaxsiy mas’uliyatni zimmasiga oladigan armiya — yaşaydi. Yöqotişlar uçun heç kim javob bermaydigan armiya — içida öladi», — deydi qömondon.

Drapatiy yuz bergan voqea böyiça, jumladan, komandirlar xatti-harakati, panagohlar holati va ogohlantiriş tizimlari samaradorligi yuzasidan tekşiruv ötkazişni buyurdi.

«Or-nomus — gap emas, balki harakat bölgan armiyani qurmas ekanmiz, bu uruşda yutmaymiz. Mas’uliyat — jazo emas, işonç asosidir. Har bir komandir har kuni buyruqlari, qarori va odamlari uçun javob beradi», — deydi Drapatiy.