Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyadagi xorijlik jangarilarni armiya tarkibiga kiritish rejasini ma’qulladi
AQSh yaqin vaqtgacha Suriya xavfsizlik kuchlarida chet ellik jangarilarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlab kelgan. Biroq prezident Donald Trampning Yaqin Sharq safari va Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad Ash-Shara’a bilan Ar-Riyozda uchrashuvidan so‘ng Amerikaning pozitsiyasi o‘zgardi.
AQSh Bashar Asad rejimiga qarshi kurashgan qurolli guruhlarning minglab xorijlik a’zolarini milliy armiya safiga qo‘shish haqidagi Suriya o‘tish davri rahbariyati rejasiga rozi bo‘ldi. Bu haqda Suriya bo‘yicha AQSh maxsus vakili Tomas Barak, shuningdek, Suriyadagi bir qancha harbiy manbalarga tayanib Reuters xabar berdi.
Suriya Mudofaa vazirligining uch vakiliga ko‘ra, Suriya armiyasining yangi 84-diviziyasiga 3500 ga yaqin xorijlik – asosan Xitoy (uyg‘urlar) va Markaziy Osiyodan kelganlar kiritiladi. Shuningdek, unga Suriya fuqarolari ham kiritiladi.
Donald Trampning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Tomas Barak agentlikning AQSh Suriyaning yangi armiyasi tarkibiga xorijlik jangchilarni kiritishni ma’qulladimi, degan savoliga «Men shaffoflikka asoslangan o‘zaro tushunish borligini aytgan bo‘lardim», deb javob berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «jangarilarni yangi hukumat loyihasidan chetlatgandan ko‘ra, unga kiritgan ma’qul».
AQSh yaqin vaqtgacha Suriya xavfsizlik kuchlarida chet ellik jangarilarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlab kelgan. Biroq prezident Donald Trampning Yaqin Sharq safari va Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad Ash-Shara’a bilan Ar-Riyozda uchrashuvidan so‘ng Amerikaning pozitsiyasi o‘zgardi. Vashington Asad rejimiga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qila boshladi va Barakni Suriyadagi maxsus vakil etib tayinladi.
Suriya Mudofaa vazirligiga yaqin ikki manbaga ko‘ra, Ash-Shara’a va uning ittifoqchilari G‘arb hukumatlarini armiya safiga xorijlik jangchilarning kiritilishi ularning transmilliy qurolli guruhlarda ishtirok etishga qaytish xavfini kamaytirishiga ishontirib kelgan.
Gap Asadga qarshi qurolli guruhlarning sobiq a’zolari, jumladan, o‘tgan yili Asadni ag‘darishda muhim rol o‘ynagan «Hay’at Tahrir ash-Shom» (Hsh) harakati haqida ketmoqda. Hokimiyat almashganidan keyin ularning taqdiri Suriya yangi rahbariyatining G‘arb davlatlari bilan munosabatlaridagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoldi.
Bu jangchilarning aksariyati avvalroq Suriya armiyasiga qarshi jang qilgan, bir qismi Xitoyda terrorchi sifatida tan olingan Turkiston islom partiyasi (TIP) tarkibiga kirgan. Pekin bu guruhning ta’siri kuchayib borayotganidan xavotir bildirdi va Suriya rahbariyatini ekstremizm va terrorizmning barcha ko‘rinishlariga qarshi turishga chaqirdi. Bunga javoban tashkilot vakili guruh mustaqil tuzilma sifatida o‘z faoliyatini to‘xtatganini va Suriya Mudofaa vazirligi nazorati ostida faoliyat yuritayotganini aytdi.
Dekabr oyida bir qancha sobiq xorijlik jangari qo‘mondonlarning Suriya armiyasi yuqori lavozimlariga tayinlanishi qator G‘arb davlatlarida xavotir uyg‘otdi. Biroq, siyosiy maslahatlashuvlar, jumladan, Tramp va Ash-Shara’a o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, ba’zi da’volar bekor qilindi.
Mavzuga oid
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12 / 09.06.2026
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13 / 09.06.2026