Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: "Gazprom" Turkiyadagi gaz habi bo‘yicha rejalarni keyinga qoldirdi
Rossiyaning «Gazprom» korporatsiyasi Turkiyada yangi gaz taqsimlash habini yaratish rejalarini jimgina keyinga qoldirib, Yevropa bozorlarida o‘z o‘rnini tiklash imkoniyatini yo‘qotdi, deb yozadi Bloomberg.
Rossiyaning «Gazprom» korporatsiyasi Turkiyada yangi gaz taqsimlash markazini yaratish rejalarini jimgina keyinga qoldirdi va shu bilan Yevropa bozorlarida Ukrainada Rossiya urushi boshlanganidan keyin yo‘qolgan o‘z o‘rnini tiklash imkoniyatini yo‘qotdi. Bu haqda 3 iyun, seshanba kuni Bloomberg agentligi xabar berdi.
Avvalroq Rossiya rasmiylari «Shimoliy oqim» orqali yetkazib berishni to‘xtatish va Ukraina orqali tranzitni bekor qilish munosabati bilan bunday markazni yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqqan edi.
Bir necha oy variantlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng, "Gazprom" bu qadam nomaqbul degan xulosaga keldi va asosan loyiha ustidagi ishlarni to‘xtatdi, dedi manbalar.
2022 yil oktyabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu tashabbus haqida gapirgandi. Uning fikriga ko‘ra, gap yiliga 55 milliard kubometr haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin, bu taxminan «Shimoliy oqim» quvvatiga teng bo‘ladi. Amalga oshirish Qora dengiz bo‘ylab qimmat quvurlarni yotqizishni talab qiladi, ammo yakunda loyiha «iqtisodiy jihatdan foydali» va boshqa Yevropa yo‘nalishlariga qaraganda ishonchliroq bo‘lishi mumkin, deb hisoblagan Rossiya rahbari.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:36 / 29.05.2026