Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Li Chje Myonni tabrikladi
Davlat rahbari Li Chje Myon rahbarligida Koreya Respublikasining intellektual va iqtisodiy qudrati yanada o‘sishiga, xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzi mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidenti Li Chje Myonni lavozimga saylangani bilan tabrikladi va eng ezgu tilaklarini bildirdi.
Davlat rahbari maktubda Li Chje Myon rahbarligida Koreya Respublikasining intellektual va iqtisodiy qudrati yanada o‘sishiga, xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzi mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.
«Biz Koreya Respublikasi bilan do‘stona va keng qamrovli aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishga alohida e’tibor qaratamiz. Aminmanki, sizning prezidentlik davringizda alohida strategik sheriklik munosabatlarimiz barcha ustuvor sohalarda jadal rivojlanadi», deyiladi maktubda.
Mirziyoyev mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida Li Chje Myonni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.
Muxolif «Toburo» demokratik partiyasi nomzodi Li Chje Myon 3 iyun kuni Janubiy Koreyaning yangi prezidentiga aylandi. Byulletenlarning 97 foizi hisob-kitoblariga ko‘ra, Li Chje Myonga fuqarolarning 49,1 foizi ovoz bergan. Konservativ partiyadan unga raqiblik qilgan nomzod Kim Mun Su esa saylovchilarning 41,6 foiz qo‘llab-quvvatlovini to‘pladi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026