Xovos tumani sobiq hokimi Uçqun Kamolov jinoiy jazoga tortilgani, 2023 yil 18 sentabr kuni qamoqqa olingani ma’lum böldi. Kun.uz sud hujjatlari bilan tanişdi.
Sud hukmida keltirilişiça, Uçqun Kamolov Xovos tumani hokimi lavozimida işlagan davrida davlat va jamiyat manfaatlariga katta miqdorda zarar yetkazilişiga sababçi bölgan.
Sobiq hokim bir vaqtning özida Xovos tuman hokimligi qoşidagi Yer uçastkalari beriş masalalarini körib çiqiş böyiça komissiya raisi hisoblangan. U Xovos tuman hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça sobiq örinbosari B.Berdiyorov hamda Xovos tumani Yer resurslari va davlat kadastri bölimi sobiq boşliği M.Komilov bilan til biriktirib, qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarni qonunçilikka zid ravişda tadbirkorlik sub’yektlari egaligiga berib yuborgan.
Jumladan, Uçqun Kamolov yerlarni noqonuniy beriş böyiça 4 ta holatda 144 gektar suğoriladigan ekin maydonini baliqçilik, qum-şağal qazib oliş, boğdorçilik yönalişlari böyiça foydalanişga berib yuborgan. Buning oqibatida davlat manfaatlariga 8 mlrd 856 mln söm zarar yetkazilişiga sababçi bölgan.
Sud hukmida Uçqun Kamolov öz xizmat vazifalarini qasddan bajarmagani ortidan 3 ta holatda ayrim tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilgan ekin maydonlarining unumdor qatlami kovlab olinişi oqibatida davlat manfaatlariga 6 mlrd 352 mln söm zarar yetkazilişiga ham sababçi bölgani keltirib ötilgan.
Xovos tuman hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça sobiq örinbosari B.Berdiyorov hamda Xovos tumani Yer resurslari va davlat kadastri bölimi sobiq boşliği M.Komilov JIB Oqoltin tuman sudining 2022 yil 15 noyabrdagi hukmi bilan sudlangan.
Uçqun Kamolov JIB Sardoba tuman sudining 2024 yil 25 martdagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi, 205-moddasi 2-qismi “a” bandi hamda 208-moddasida keltirilgan jinoyatlarni sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 181 mln 500 ming söm jarima jazosi tayinlangan. Sobiq hokim qamoqda saqlangan 6 oy 7 kun jazodan çegirilib, jarima 150 mln 645 ming sömga tuşirilgan.
Sirdaryo viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2025 yil 9 yanvardagi hukmi bilan birinçi instansiya sudining hukmi bekor qilingan. Yangi hukm bilan Uçqun Kamolovga 3 yil mansabdorlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 99 mln söm jarima hamda 3 yil 5 oy 23 kun ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Sirdaryo viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati taftiş instansiyasining 2025 yil 30 maydagi ajrimi bilan kassatsiya instansiyasining hukmi özgarişsiz qoldirilgan.

















