Toşkent viloyatida eşak söyib sotgan yigit va uşbu göştni xarid qilganlar jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanişdi.
Sud hujjatida keltirilişiça, 2025 yil 7 yanvar kuni huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan Toşkent viloyatida tezkor örganiş ötkazilgan. Unda mahalla hududidagi qarovsiz dala şiyponida 23 ta tirik va 15 ta söyilgan holdagi eşak topilgan.
2025 yil 9 yanvar kuni Hikmat (materialdagi barça ismlar özgartirilgan) dala şiyponida eşaklarni söyib, göştini iste’mol uçun ötkaziş maqsadida olib ketayotganda Nurafşon şahri hududida uşlangan. Tadbir davomida u 200 kg eşak göştini Toşkent şahrida yaşovçi Asomiddinga kilosini 20 ming sömdan sotişga kelişganini aytgan. Hikmat öz ixtiyori bilan tezkor tadbirda iştirok etişini ma’lum qilib, aybiga iqrorlik va puşaymonlik bildirgan.
Hikmatning arizasi asosida tadbir davom ettirilgan: Mirobod tumani hududida ötkazilgan tezkor tadbirda Asomiddin Hikmatdan 193 kg eşak göştini 3 mln 860 ming sömga sotib olgan vaqtida uşlangan. Şuningdek, tadbir davomida Asomiddinning yaşaş xonadonidan 60 kg noma’lum hayvon göşti topilib, protsessual tartibda rasmiylaştirilib olingan. Asomiddin Tolib bilan birga uşbu göştni Parkent tumani Guliston mahallasi hududidagi somsaxonada somsa tayyorlaş va iste’molçilarga sotiş maqsadida işlatişi aniqlangan. Somsaxonadan 20 kg noma’lum hayvon göşti aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Tuman Hayvonlar kasalliklari taşxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi “salmonellyoz va içak tayoqçalari ifloslaniş darajasi öta yuqori”ligi tufayli uşbu göşt mahsulotlari iste’molga yaroqsizligi haqida xulosa bergan.
Hikmat sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan.
“2024 yil dekabr oylarida işlaş maqsadida Toşkent şahriga keldim. Iş qidirib yurgan vaqtimda bir tanişim bilan qönğiroqlaşib, iş topolmayotganimni aytdim. U menga Asomiddinning telefon raqamini berib, eşak göşti sotib olişini, eşak söyib unga sotişim mumkinligini ma’lum qildi. Şundan söng Asomiddinga qönğiroq qildim. U menga eşak göştining kilosini 20 ming sömdan sotib olişini bildirdi.
Toşkent viloyatining Piskent, Örta Çirçiq tumanlari hududlarida istiqomat qiluvçi mahalliy aholidan donasini 100-200 ming sömdan eşak sotib ola boşladim. Söngra uşbu eşaklarni söyiş uçun joy qidirdim. Şunda Gallaquduq mahallasidagi eski ferma binosini topdim va çöpon bilan kelişdim. Unga eşak göştini hayvonot boğiga topşirişimni aytib, yolğon gapirdim.
Eski fermaga jami 57 ta eşak olib borib qöydim. 2024 yil dekabr oyidan 2025 yil yanvar oyiga qadar eşaklarning 32 tasini ferma hududida özim söyib, göştini Asomiddinga sotib keldim

















