Dalalarda somon va uning qoldiqlarini noqonuniy yoqiş holatlari sun’iy yöldoşlar orqali kuzatilmoqda, deb xabar qildi «Özbekkosmos». Sun’iy yöldoşdan olingan suratlar tezkorlik bilan huquqni muhofaza qiluvçi organlarga uzatiladi.

Özbekistonda har yili ğalla ekinlaridan tozalangan yer uçastkalarida somon va begona ötlarni noqonuniy yoqib yuboriş bilan boğliq minglab holatlar aniqlanmoqda.

Somonning yonişi minglab gektar hosildor yerlarning unumdorligi pasayişiga, tuproq tuzilişining buzilişiga, tuproqdagi foydali makro va mikroelementlarning yöqolişiga, ekin maydonlari sifat körsatkiçlarining keskin pasayişiga olib keladi.

Bundan taşqari, yoniş havoni zaharlaydi. Don poyalarini yoqilganda atmosferaga 1 ga yerga 500 g azot oksidi, 379 g uglevodorod, 3 kg kul, 20 kg is gazi va uglerod oksidi gazi çiqadi. Bu toza havoning ifloslanişi bilan birga inson organizmida sil va saraton kasalliklarini keltirib çiqarişi bilan xavflidir.

Dalalarda va aholi punktlarida somon, quruq barglar, daraxt şoxlari va boşqa ösimlik qoldiqlarini yoqiş ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi. MJTKning 88-moddasi 3-qismiga köra, buning uçun fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining 3 dan 5 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarima solinadi. Bundan taşqari, huquqbuzar yonğindan ğalla ekin maydonlariga yetkazilgan zararni qoplaşi kerak böladi.

Ösimlik qoldiqlarining yonişi holatlariga guvoh bölganlar Ekologiya vazirligining 1207 işonç telefoniga qönğiroq qilişi mumkin.