Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni 4 barobardan ortiqqa oshirdi
«Gazprom» 2024 yilda O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni 4,4 milliard kub metrga oshirdi.
«Gazprom» 2024 yilda O‘zbekistonga 5,64 milliard kub metr gaz yetkazib bergan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 1,28 milliard kub metrga yetgandi, deyiladi kompaniyaning yillik hisobotida. Ya’ni, gaz yetkazib berish 4 barobardan ortiqqa oshirildi.
Kompaniya 2023 yil oktyabr oyidan «Markaziy Osiyo – Markaz» tizimi orqali revers rejimda gazni mamlakatga eksport qilishni boshlagan.
«Gazprom» shuningdek, 2024 yil iyun oyida 2025 yildan Qirg‘iziston iste’molchilariga Rossiya gazini yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli (2040 yilgacha) shartnomalar imzolanganini eslatib o‘tdi.
Mavzuga oid
10:35 / 06.07.2026
«Gazprom» Mudofaa vazirligi bilan yangi shartnoma imzoladi
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
19:00 / 03.07.2026
Rossiyada amaldorlarga navbatsiz xizmat ko‘rsatuvchi zapravkalar paydo bo‘ldi
18:41 / 23.06.2026