Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni Toşkent xalqaro investitsiya forumida sözga çiqib, xorijiy investorlarga murojaat qildi.

“Global işlab çiqariş zanjirlarida har bir davlat uçun teng şaroitni ta’minlaydigan işonçli qoidalar bölişi şart va zarur. Heç şubhasiz, bu borada Jahon savdo taşkilotining alohida örni bor. Şu bois kelgusi yilda uşbu taşkilotning a’zosiga aylaniş böyiça oldimizga maqsad qöyganmiz va bu borada hamkorlarimiz bilan faol işlayapmiz. Buning uçun önlab qonun, yuzlab standartlarni xalqaro talablarga moslaştirdik va bu işlarni şu yil töliq yakuniga yetkazamiz.

Ikkinçidan, mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlarga yanada qulay muhit yaratiş uçun mahalliy kompaniyalar bilan bir xil şaroitlarni kafolatlovçi milliy rejim joriy qilinadi. Davlat organlari bilan munosabatga kirişişda “yagona darça” tamoyili tatbiq etilişi belgilandi. Investitsiya faolligini ortiqça tekşiruvlardan kafolatli himoyalaş tizimi yaratiladi. Bular orqali 2030 yilga borib Özbekistonning kredit reytingini “investitsion” darajaga olib çiqişni maqsad qilib qöyganmiz.

Uçinçidan, biz davlat kompaniyalarini xususiylaştirişda ularning yurtimiz farovonligiga xizmat qiluvçi yirik aktivlarga aylantiriş yölini tanlaganmiz. Şu bois 18 ta yirik kompaniya va banklardagi qariyb 2 mlrd dollarlik davlat uluşini özini birlaştirgan Milliy investitsiya jamğarmasi taşkil etildi. Jamğarma boşqaruviga nufuzli Franklin Templeton kompaniyasi jalb qilindi. Kelgusi yilning özida jamğarma aksiyalari paketi xalqaro IPÖga çiqariladi. Şuningdek, professional konsultantlar jalb qilinib, ikki yilda 29 ta davlat kompaniyasi xususiylaştiriladi.

Törtinçidan, biz transport va logistika sohasini iqtisodiyotimizning qon tomiri sifatida köramiz. Şu bois bu sohaga ham xususiy kapital faol jalb qilinmoqda. Birgina misol, Samarqand, Namangan, Buxoro va Urganç xalqaro aeroportlari davlat-xususiy şeriklik asosida salohiyatli investorlar boşqaruviga berildi. Urganç aeroporti boşqaruviga dunyoning yetakçi Incheon kompaniyasi jalb qilindi. Kelgusi yilda Nukus, Termiz, Farğona, Navoiy aeroportlari böyiça ham tenderlar ötkazamiz.

Yana bir muhim yönaliş – poytaxtimizda yaşab va işlayotgan aholi 5 milliondan oşdi. Şu bois 2 million aholiga möljallangan Yangi Toşkent şahrini barpo etib, poytaxtni megapolisga aylantiramiz. Bu yerda yiliga 20 million yölovçiga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega aeroport, temiryöl va avtomobil transportini qamrab olgan multimodal hab quriladi. Yirik davlat komplekslari va moliya markazlari qad kötaradi. Uşbu megaloyihani birgalikda amalga oşiriş uçun investorlar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarni taklif qilamiz.