Rossiya hukumati «xorijiy agentlarga nisbatan jinoiy işlarning tezroq oçilişiga imkon beruvçi jinoiy javobgarlikni kuçaytiriş» qonun loyihasini ma’qulladi. Qonun loyihasini tayyorlagan Davlat dumasining xorijiy aralaşuv faktlarini tekşiriş komissiyasi rahbari Vasiliy Piskarev 9 iyun, duşanba kuni taşabbus qabul qilinganini ma’lum qildi.
Taşabbus Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 330.1-moddasi 1- va 2-qismlariga özgartiriş kiritişni taklif qiladi. Amaldagi tahrirda bu moddalar «çet el agenti» faoliyati tartibini buzganlik uçun 19.34-moddaga asosan bir yil davomida ikki marta ma’muriy jarimaga tortilgan bölsagina, «çet el agentlari»ni jinoiy javobgarlikka tortişni nazarda tutadi. Rossiya Federatsiyasida bunday huquqbuzarliklar röyxati juda keng — masalan, «çet el agentlari» ijtimoiy tarmoqlarda öz maqomlari körsatilmagani yoki öz faoliyati töğrisidagi hujjatlarni rasmiy organlarga topşirmagani uçun jarimaga tortilişi mumkin.
Kelgusida qoidabuzarlarga nisbatan birinçi jarimadan keyin jinoiy iş qözğatiş, şuningdek, dispozitsiyadan qoidabuzarliklarni har yili «nolga tuşiriş» tamoyilini olib taşlaş taklif etilmoqda.
Uşbu qonun loyihasi avvalroq Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi tomonidan ma’qullangan edi, dedi Piskarev. Endi u Davlat dumasi tomonidan körib çiqilişi kerak, uning quyi qömitasi taşabbusni işlab çiqdi.

















