"Rossiya temiryöllari" (RJD) 2025 yil 17 iyundan Pxenyan va Moskva örtasida, 19 iyundan esa Pxenyan va Xabarovsk örtasida töğridan töğri qatnovni tiklaydi. Bu haqda 9 iyun, duşanba kuni «Telegramma RJD» Telegram-kanali xabar berdi.

Moskva bilan qatnov oyiga ikki marta, Xabarovsk bilan esa töğridan töğri töxtovsiz aloqa oyiga bir marta amalga oşirilişi rejalaştirilgan, deyiladi postda.

Kanalning ta’kidlaşiça, Pxenyan – Moskva dunyodagi eng uzun töxtovsiz temiryöl yönalişi hisoblanadi: «Davlatlarning poytaxtlari orasidagi masofa 10 ming kmdan ortiq, safar vaqti esa 8 kunni taşkil etadi».

2020 yil fevral oyida COVID-19 pandemiyasi sababli Rossiya va Şimoliy Koreya örtasidagi yölovçi temiryöl qatnovi töxtatilgan edi. The Insider internet-naşrining yozişiça, ikki davlat örtasidagi «Döstlik köprigi»dan sönggi paytlarda Rossiya armiyasi ehtiyojlari uçun KXDRdan qurol-yaroğ va boşqa tovarlarni yetkazib berişda faol foydalanilmoqda.