Unda, Quyi Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Z. D. ga qarashli xonadonda mayning qurilmalarni o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 449,2 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.