Biror joyda rasman işlamaydigan yoki öqimaydigan, şuningdek, barmoq izini topşirmagan hamda rus tilini örganmagan migrantlar Rossiyani tark etişi kerak. Bu haqda Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokolsev aytib ötdi. Uning murojaati videosi vazirlik rasmiy vakili Irina Volkning telegram-kanalida e’lon qilingan.
«Köçalarda va turar joy sektorida noqonuniy kelayotgan migrantlar bölmasligi kerak. Işini yöqotganlar, OTMdan haydalganlar, daktiloskopiyadan ötmaganlar, til örganmayotganlar, Rossiya jamiyatiga foyda keltirmayotganlar mamlakatimizni tark etişi kerak», – dedi Kolokolsev.
Içki işlar vazirligi rahbari «migrantlar örtasidagi jinoyatçilikka qarşi tizimli kuraşiş», «oldini oliş» uçun işlaşga çaqirgan. Kolokolsev körilgan çoralarni «aybdorlar uçun jazo muqarrarligini ta’kidlagan holda» yoritiş kerakligini ta’kidlagan.
Uçinçi zaruriy çora sifatida vazir migratsiya bölinmalarida navbatlardan xalos bölişni aytdi. «Hujjatlarni qabul qiliş va rasmiylaştirişni öz vaqtida, şov-şuvsiz amalga oşiriş kerak», – deya qöşimça qildi u.
Rossiyada migratsiya siyosatini qat’iylaştirişning yangi tölqini 2024 yil bahorida boşlangandi. Joriy yil boşida Rossiyada nazorat ostidagi şaxslar reyestri - Içki işlar vazirligi bazasi işga tuşirildi, unga Rossiyada noqonuniy bölib turgan çet elliklar haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Aprel oyidan boşlab migrantlarning bolalari maktabga qabul qilinişidan oldin rus tilini biliş darajasi böyiça sinovdan ötkazilişi yölga qöyildi. Bundan taşqari, çet el fuqarolariga nisbatan, xususan, maxsus çiqarib yuboriş rejimi, kirişdagi qoidabuzarliklar va noqonuniy migrantlarga xizmat körsatiş uçun jarimalar joriy etildi, şuningdek, istalmagan böliş maqomi belgilandi.
Rossiyaga eng köp MDH davlatlari fuqarolari taşrif buyuradi. 2024 yilda Tojikistondan 128 ming kişi, Özbekistondan – 107 ming kişi, Qirğizistondan – 105 ming kişi kelgan. Migrantlar böyiça siyosat qat’iylaştirilganidan keyin mazkur mamlakatlar bir neça bor öz fuqarolarining huquqlari buzilgani yuzasidan e’tiroz bildirdi.
2024 yil oktyabrda Tojikiston boş vaziri Qohir Rasulzoda respublika fuqarolarini Rossiyaga kiritmaslik, «xavfsizlikni ta’minlaşning keng va noaniq ta’rifi ostida» kirişga taqiq qöyiş yoki mamlakatdan çiqarib yuboriş holatlari tez-tez uçrayotganini ma’lum qildi.
2025 yil aprelida Rossiyaning Qirğizistondagi elçisiga nota

















