13 iyundan boşlab respublika hududiga janubdan quruq va biroz issiq havo kirib kelişi boşlanadi, deya xabar bermoqda Özgidromet.

Qayd etilişiça, sönggi kunlarda Özbekiston hududi yoz uçun juda qulay harorat fonida nam havo massalari ta’siri ostida böldi.

Jumadan boşlab asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi va havo harorati asta-sekin kötariladi. Kunduzi harorat +33…+35 daraja böladi.

Dam oliş kunlari harorat +36…+38 darajagaça, şimolda, janubda va çöl hududlarda esa +40…+42 darajagaça kötariladi.

Respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. Ayrim toğli hududlarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq kuzatiladi.

Toğoldi va toğli hududlarda sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

Toşkent şahrida asosan kam bulutli ob-havo böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat juma kunduzi +35 daraja atrofida, dam oliş kunlari +36…+38 daraja böladi.