Isroil Eron hududiga yangi zarbalarni berdi. Isroil matbuotiga köra, Tabriz şahri aeroporti yaqinida ketma-ket portlaş sodir bölgan. Hujumlar dronlar yordamida amalga oşirilgan: obektga olib boruvçi temir yöl va mudofaa yöllari şikastlangan. Hududda havo hujumidan mudofaa bazalari mavjud.
Isroil armiyasi Fors viloyati poytaxti Şeroz şahriga aviazarbalar berilganini tasdiqladi, bu yerda Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) ştab-kvartirasi, ballistik raketalar zavodi va öq-dorilar omborlari joylaşgan.
Şu bilan birga, Isroil armiyasi Eronning Natanzdagi (Isfaxon viloyati) uran boyitiş zavodiga yana bir bor hujum qildi, deb xabar berdi AP. Buni Isroil harbiylari ham tasdiqladi. Zarbalar yadroviy inşootning yer osti qismi – sentrifugalar bilan jihozlangan köp qavatli boyitiş zali, elektr jihozlari va yordamçi infratuzilmaga zarar yetkazgan. Bundan taşqari, boşqa muhim infratuzilma obektlari ham hujumga uçragan.
Isroil hujumlarining yangi tölqini Eron havo hududi yopilgan vaqtda sodir bölmoqda.
Avvalroq Eron rasmiylari Natanzdagi yadro inşooti şikastlanganini tasdiqlagan, biroq yetkazilgan zarar miqdoriga aniqlik kiritmagan edi. Inşoot 40 metrdan ortiq yer ostida joylaşgan bölib, qalinligi 8 metr bölgan temir va beton qobiq bilan himoyalangan. Unda tadqiqot reaktori joylaşgan.
Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) rahbari Rafael Grossi Eron atom energiyasi taşkiloti vakillariga tayanib, stansiyaga birinçi zarbadan keyin hududda radiatsiya darajasi özgarmagani haqida xabar berdi.
Eronga nisbatan harbiy operatsiya endi boşlandi, dedi Isroil armiyasi matbuot kotibi Efi Defrin.
«Ayni paytda Isroil armiyasi maqsadga erişiş uçun operatsiyalarni davom ettirmoqda, parallel ravişda Isroilning muhim mudofaasini ta’minlamoqda», dedi u.
Zarbalar qaçongaça davom etişi haqidagi savolga javoban u «operatsiya endi boşlanmoqda» dedi va armiya Eronning javob zarbalariga tayyorgarlik körayotganini ta’kidladi.


















